23:20 / 02.10.2015
2715

“Aeroflot” “Transaero”ning parvozlarini yana ikki oyga uzaytirdi

“Aeroflot” yo‘lovchilarni tashishga “Transaero”ga ichki va xalqaro yo‘nalishlarga parvozlarni amalga oshirishga 2015 yilning 15 dekabriga qadar uzaytirdi. Bu haqda “Aeroflot” saytida xabar berilgan.

Oldin “Aeroflot” bosh direktori Vitaliy Savelev jurnalistlarga bergan intervyusida yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlarda tashish “Transaero”ga 5 oktabrgacha, ichki yo‘nalishlarda esa 15 oktabrgacha ruxsat berilganligi haqida xabar bergandi. Savelev yana shu haqida bildirib o‘tdiki, “Transaero” faqatgina chet eldan Rossiya hududiga uchib kelmoqchi bo‘lgan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Parvozlar taqiqlangan kundan oldinroq olingan chiptalarning puli qaytarib beriladi. Sayyohlik paketlari bilan olingan chipatlarning puli sayyohlik kompaniyasi tomonidan qaytarib beriladi.

1 oktabr tunidan boshlab, “Transaero” yo‘nalishlariga chiptalar sotilishi to‘xtatilgan, aynan o‘sha kuni “Aeroflot” “Transaero”ning 75 foiz ofertasi va bitta aksiyasi rad etganini ma'lum qilgandi.

Top