15:59 / 02.10.2015
14173

“O‘zbekko‘mir”: 1 tonna ko‘mir narxi 133 ming 800 so‘m

“O‘zbekko‘mir” AJ mahsulot sotish va yetkazib berish bo‘yicha bosh direktori o‘rinbosari Nosirjon Umarov ko‘mirning narxi qancha qilib belgilanganini aytib o‘tdi.

Ushbu mahsulotga yagona narx belgilangan-belgilanmaganligi haqidagi savolga javob berarkan, u 1 tonna ko‘mirning narxi 133 800 so‘m ekanligini aytdi.

“Bir tonna ko‘mir 133 800 so‘m, briket narxi esa 238 ming so‘m qilib belgilangan”, - uning so‘zlarini keltiradi “Darakchi” nashri.

Shuningdek, Umarov ko‘mir xarid qilish mumkin bo‘lgan viloyatlardagi hududiy distribyutorlik markazlari manzil va telefon raqamlarini keltirdi.

Amaldorning ta'kidlashicha, o‘tgan yil bir oilaga 1 tonna ko‘mir miqdorida cheklov mavjud bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilda bunday cheklov bekor qilingan.

Top