20:07 / 02.10.2015
4881

Bild: Merkel tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti olishi mumkin

Germaniya kansleri Angela Merkel tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti olish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega, deb yozmoqda Bild gazetasi.

“Merkel murakkab paytda ruhiy yetakchilikni namoyish qildi”, deb ta'kidlab o‘tdi Oslodagi ilmiy-tadqiqot instituti direktori Kristian Berg Xarpviken.

Xarpvikenning aytishicha, Merkel Ukraina masalasi va migratsion inqiroz bo‘yicha murakkab munozaralardan qo‘rmasligini namoyish qildi. Bundestag siyosiy ittifoqi Merkelning nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ko‘rsatdi.

Merkelning reytingi oxirgi paytlar Yevropada qochqinlar bilan bog‘liq vaziyat tufayli tushgan bo‘lishiga qaramasdan, ko‘pchilik mutaxassislar kanslerni mukofotga loyiq deb hisoblamoqdalar.

Top