10:34 / 02.10.2015
4161

Britaniyalik aktyor Geri Oldman to‘rtinchi marta ajrashdi

Los-Anjyeles sudi britaniyalik aktyor Geri Oldmanning ajrashish bo‘yicha arizasini ijobiy qondirdi. Bu haqda bugun Assosheyted Press xabar bergan.

Sud qaroriga ko‘ra, Geri Oldman endilikda o‘zining sobiq rafiqasi Aleksandra Edenboroga 3,3 mln dollar to‘laydi. Aktyor 2ta uy va mashinalarga egalik huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Ushbu juftlik 5 yillik turmushdan keyin, 2015 yilning yanvarida ajrashish uchun ariza berishgandi.

Qayd etish kerakki, Edenboro Oldmanning to‘rtinchi rafiqasi edi. Britaniyalik aktyor bundan avval yana ikki aktrisa Lesli Menvill va Uma Turmanga uylangandi. Uning uchinchi turmushi esa fotograf Done Fiorentino bilan qurilgan lekin ular 2001 yilda ajrashishgandi.

Ma'lumot uchun Geri Oldman 1958 yilda London shahrida tug‘ilgan. U o‘nlab kartinalarda muvaffaqiyatli rollar ijro etgan, shulardan eng ko‘p mashhurlikka erishganlari Kristofer Nolan rejissyorligidagi Betmen haqidagi trilogiyalar hisoblanadi.

2012 yilda ushbu Oldman "Ey josus, buyoqqa chiq" nomli filmdagi ishtiroki uchun "Eng yaxshi erkak aktyor" nominatsiyasi bo‘yicha mukofotlangandi.

Top