18:12 / 02.10.2015
3257

Yevrokomissiya Samsung`ni tovlamachilikda ayblashi mumkin

Yevropa komissiyasi sinov laboratoriyasining Samsung televizorlarida yolg‘on ma'lumotlar beruvchi qurilmalardan foydalanilgani to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar berdi The Guardian.

Dastlabki ariza Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiruvchi ComplianTV sinov laboratoriyasidan kelib tushdi.

Laboratoriya xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, motion lighting texnologiyasi laborator sinovlar vaqtida kompaniya televizorlarida qurilmaning ekran yorug‘ligi pasayib, energiya sarfi kamayganini ko‘rsatdi. Haqiqatda esa televizorlar ikki barobar ko‘proq energiya sarflagan.

Samsung mazkur ayblovni allaqachon inkor qildi. Janubiy Koreya kompaniyasi vakilining ta'kidlashicha, motion lighting texnologiyasi faqatgina ekran yorug‘ligini kamaytirishga mo‘ljallangan.

Agarda Yevrokomissiya tovlamachilik holatlarini isbotlasa, Samsung kompaniyasiga yirik miqdordagi jarima xavf soladi.

Top