06:45 / 02.10.2015
10207

Futbol bo‘yicha Eron ayollar terma jamoasining 8 o‘yinchisi erkak ekanligi ma'lum qilindi

Eron futbol ligasining rasmiy vakili Modtabi Sharifiy futbol bo‘yicha Eron ayollar terma jamoasining 8 o‘yinchisi erkak ekanligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

“Futbol bo‘yicha Eron ayollar terma jamoasining 8 o‘yinchisi jinsni almashtirish bo‘yicha operatsiya kutayotgan erkaklardir”, deb aytdi Sharifiy. Uning ta'kidlashicha, ulardan ba'zilari avval erkaklar futbolida o‘ynagan. U aniq ismlarni keltirmadi.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, bu xabardan keyin eronlik mas'ul shaxslar butun terma jamoaning qaysi jinsga mansubligini tekshirishni boshlagan.

Top