15:54 / 02.10.2015
5499

Guardian: Rossiya kuchini ko‘rsatish uchun emas, majburiyatdan harakat qilmoqda

Rossiyaning harbiy harakatlari Suriyadagi ixtilofni kuchaytirib, Moskvaning o‘ziga salbiy oqibatlar keltirishi mumkin, deb hisoblaydi The Guardian tahlilchilari.

Ekspertlarning fikricha, Suriyadagi aviazarbalar yordamida Putin Ukrainadagi vaziyatdan jahon hamjamiyati diqqatini chetlashtirmoqchi bo‘lmoqda.

Shuningdek, u o‘zining yaxshi taktik ekanligini namoyon qilmoqda. Ammo endilikda Rossiya ham IShIDning, ham Suriya muxolifatining dushmaniga aylandi. Bu esa Tartusdagi rus bazasini tahdid ostiga qo‘yadi.

“Rossiya kuchini ko‘rsatish uchun emas, majburiyatdan bunday harakat qilmoqda, - deydi AQSh davlat departamentining Rossiya bo‘yicha katta tahlilchisi Pol Stronski. – Uning harakatlari juda xatarli. Bu Rossiyaning o‘zidagi radikal guruhlarni ham harakatga keltirishi mumkin”.

“G‘arb davlatlari 4 yil davomida qochishga harakat qilgan pozitsiyani Rossiya bugun egalladi, - xulosa qiladi Suriya bo‘yicha mutaxassis Jyulen Barns-Deysi. – U yirik mintaqaviy ixtilofning tomonlaridan biriga aylandi”.

Top