15:09 / 02.10.2015
3618

Hindistonlik imkoniyatlari cheklangan erkak mototsiklda 25 mamlakatni aylanib chiqadi

Hindistonning Bangalor shahrida istiqomat qiluvchi 55 yoshli Narayan ismli erkak mototsiklda jahon mamlakatlari bo‘ylab safarga chiqadi. U 25 mamlakatda bo‘lib, u yerda aholining e'tiborini imkoniyati cheklangan insonlarning muammolariga qaratmoqchi.

Erkak payshanba kuni Hindistonning Dubaydagi konsulligidan o‘z safarini boshladi. Unga Hindistonning Dubay va Shimoliy amirliklar bo‘yicha bosh konsuli Anurag Bhushan start berdi.

Narayan sobiq velosipedchi bo‘lib, u 1979-1980 yillarda tinchlik targ‘iboti yo‘lida jahonning 59 mamlakatida jami 90 ming km masofani bosib o‘tgan. Uning safari 19 oy davom etgan edi.

4 yil muqaddam Narayan avariyaga uchrab, oyog‘idan jarohat oldi. Shundan buyon u bir oyoqqa oqsaydi; bu tufayli u velosportni tashlashga majbur bo‘ldi.

U yangi safarga chiqayotgan mototsikl maxsus jihozlangan bo‘lib, jarohat olgan oyog‘iga qiyinchilik tug‘dirmaydi.

“Nogironga aylanganimdan so‘ng bu borada odamlarni boxabar qilish niyati tug‘ildi”, - dedi u muxbirlar bilan suhbat chog‘ida.

Narayanning sayohati 6 oy davom etadi, shu davr ichida u 35 ming km masofani bosib o‘tadi.

Top