10:54 / 02.10.2015
6114

KXDR AQShga tinchlik sulhi imzolashni taklif qildi

Pxenyan vakillari AQShga to‘laqonli tinchlik shartnomasini imzolashni taklif qildi. Shimoliy Koreyaning yarim oroldagi tinchlik jarayoniga qo‘shilishining yagona sharti shudir, deb ta'kidladi mamlakat tashqi ishlar vaziri Li Su Yon o‘zining BMT Bosh Assambleyasi 70-sammiti doirasida umumsiyosiy bahslar chog‘idagi chiqishida.

“AQSh o‘t ochmaslik shartnomasini to‘laqonli tinchlik sulhi bilan almashtirib, OAV orqali kimlarnidir provokatsiyalarda ayblashda bas qilgan taqdirda, KXDR hukumati Koreya yarim orolidagi urush va ixtiloflarni bartaraf qilish bo‘yicha konstruktiv dialog o‘tkazishga tayyor”, - dedi u.
Vazir o‘z taklifini “Biz o‘zimizga ep ko‘radigan eng yaxshi variant” deb atadi.

Top