09:05 / 02.10.2015
2967

Microsoft Skype’ga tarjimon o‘rnatdi

Microsoft kompaniyasi Skype messenjerining desktop versiyasiga Skype Translator tezkor tarjima xizmati uyg‘unlashtirildi. Uni Windows 7, Windows 8 va Windows 10 dasturiy ta'minotlari foydalanuvchilari qo‘llashi mumkin, deb xabar beradi The Verge nashri.
Bir yil muqaddam Microsoft Skype Translator’ni Windows 8 uchun mustaqil ilova sifatida taqdim etgan edi. Endilikda bu funksiya asosiy ilova bilan uyg‘unlikda ishlaydi.
Tarjima 6 tilda amalga oshiriladi: ingliz, fransuz, nemis, italyan, ispan va xitoy.

Top