15:36 / 02.10.2015
2529

O‘zbekiston TIVda AQSh elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

2015 yilning 2 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Amerika Qo‘shma Shtatlarining favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlen bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston delegatsiyasining BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasidagi ishtiroki chog‘ida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-AQSh uchrashuvlari nuqtai nazaridan ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Tomonlar xalqaro va mintaqa kun tartibining ba'zi masalalari bo‘yicha ham fikr almashishdi.

Top