10:49 / 02.10.2015
11128

O‘zbekistonda soxta dollar sotuvchilari qo‘lga olindi

O‘zbekistonda soxta dollar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.
Respublika Oliy sudining xabar qilishicha, guruh tarkibiga 6 kishi kirgan. Ular Turkiyadan 80 ming dollar qiymatdagi soxta kupyuralarni keltirib, ularni mamlakatning turli hududlaridagi bozorlarida ayirboshlab kelgan.

Ular 40 ming dollarlik kupyuralarni sotib yuborishga ulgurgan, yana 41.3 ming dollarni sotayotgan paytlarida qo‘lga olingan.
Sud hukmiga ko‘ra jinoiy guruh a'zolari 9-12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Top