16:20 / 02.10.2015
5952

Qatar: sunniylar va shialar o‘rtasidagi uzilishni siyosat keltirib chiqarmoqda

Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad at-Taniy mintaqada sunniylar va shialar o‘rtasida real nizo borligini inkor qildi. Uning ta'kidlashicha, bunday kelishmovchilik siyosiy manfaatlar va ijtimoiy muhit bilan tushuntirilishi lozim.

“Mintaqada turli dinlar mavjud, ammo, menimcha, shia va sunniy ixtilofi mamlakatlarning siyosiy manfaatlaridan kelib chiqmoqda”, - dedi u BMT Bosh Assambleyasi 70-sammitidagi chiqishida.

“Mavjud bahslar, o‘ylashimcha, siyosiy, yohud arab-eron farqiga asoslanadi, ammo sunniylar va shialar qarama-qarshiligi haqida gapirib bo‘lmaydi”, - ta'kidladi at-Taniy.

Top