19:58 / 02.10.2015
9024

Ramzon Qodirov Nemtsovning qizini mehmonga taklif qildi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov o‘ldirib ketilgan marhum siyosatchi Boris Nemtsovning qizini mehmonga taklif qildi va unga o‘z hamdardligini bildirishga tayyorligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda “Russkaya slujba novostey” axborot agentligi.

“U meni ayblagandan ko‘ra, qotillikni tashkil etganlarni o‘z atrofidan qidirib ko‘rsin. Agar u men bilan uchrashishni istasa, men uni mehmonga chaqiraman, choy ustida suhbatlashamiz, men unga otasining o‘ldirilgani sababli hamdardligimni bildiraman. Mening otamni ham o‘ldirishgan – hayot shunday, nima ham qila olamiz”, deb aytdi Qodirov.

Qodirovning aytishicha, Nemtsov “ishlatib bo‘lingan uskuna bo‘lgan, uni shundoq tashlab yuborishning o‘rniga, o‘ldirib shundan ham foyda ko‘rilgan”.

Checheniston rahbari Tergov qo‘mitasi talab qilsa, so‘rovga kelishga tayyorligini, biroq siyosatchining qotilligiga “Shimol” chechen bataloni qo‘mondoni o‘rinbosari Zaur Dadayevning aloqasi yo‘qligiga ishonchi komilligini aytgan.

Top