15:30 / 02.10.2015
2667

Rossiya qiruvchilari IShIDning qo‘mondonlik punktini yo‘q qildi

IShID guruhining qo‘mondonlik punkti va bir qancha texnika birliklari Rossiya harbiy aviatsiyasining Su-24M qiruvchilari tomonidan yo‘q qilindi. Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkovning so‘zlariga qaraganda, aviazarbalar Xama va Idlib viloyatlarida amalga oshirilgan.

“Xama viloyatida Kofirzayt aholijoyi yaqinida Su-24M samolyotlari IShIDning qo‘mondonlik punktini to‘liq yo‘q qildi, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti. – U terrorchilar tomonidan yaxshi mustahkamlangan beton obekt edi. Yirik kalibrli qurol bilan jihozlangan bir qancha texnika birliklari yo‘q qilindi”.

Shuningdek, u Idlib viloyatida o‘q-dori ombori va yuk o‘tkazish bazasi yo‘q qilinganini aytib o‘tdi.

Top