Sakkiz nafar rossiyalik sportchi Janubiy Koreyaning Inchxon aeroportida samolyotda beboshlik qilgani uchun qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Voqea Moskvadan 1 oktabr ertalab KE924 reysi bilan uchib kelgan samolyot bortida yuz bergan.
Sportchilar Mungenda 2 oktabrda ochiladigan Harbiy-sport o‘yinlarida ishtirok etishlari kerak bo‘lgan. Ular samolyotda spirtli ichimlik ichib, chekib o‘tirganlar. Ayni paytda ularning Koreyaga qo‘yilishi masalasi hal qilinmoqda.