21:28 / 02.10.2015
4182

Samarqanddagi Nogironlar mintaqaviy reabilitatsiya markazi 109,5 ming dollarlik zamonaviy uskunalar bilan ta'minlandi

Joriy yilning martida Yaponiya hukumati tomonidan taqdim etilgan kichik ko‘lamli ijtimoiy dasturi doirasida grant shartnomalari imzolangandi.

Ushbu kelishuvga ko‘ra, Samarqanddagi Nogironlar mintaqaviy reabilitatsiya markazini zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta'minlash ko‘zda tutilgandi.

Qisqa muddat ichida zarur uskunalar tibbiyot markaziga olib kelindi va o‘rnatildi.

Endilikda markazdagi bemorlar uchun xizmat ko‘rsatish sharoitlari yaxshilangan.

"Bemorlar ultratovushli terapiya, markaz tomonidan malakali shifokorlar tayinlanishi evaziga jarrohlik amaliyotisiz davolanmoqda.

Tibbiyot markaziga keltirilgan yana bir zamonaviy qurilma limfodrenaj bo‘lib, u orqali sog‘lom odamlarda surunkali vena kasalligining namoyon bo‘lishini aniqlashga xizmat qiladi. Shuningdek, uni har kuni qo‘llash orqali oyoqlardagi og‘riqlar yo‘qotiladi", deyiladi markaz xabarida.

Ma'lum qilinishicha, markazga jami 109,5 ming dollarlik zamonaviy tibbiy texnika anjomlari keltirilgan.

Top