16:34 / 02.10.2015
2653

Tashkent Open-2015 turniri finalchilari nomi ma'lum bo‘ldi

Toshkentdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida Tashkent Open-2015 xalqaro turnirining yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki yarim finalda serbiyalik 23 yoshli Boyana Yovanovski yaponiyalik Nao Xibinoga qarshi bahs olib bordi. Bir soatu 14 daqiqa davom etgan ushbu bellashuvda yaponiyalik 20 yoshli tennischining qo‘li baland keldi - 6:3, 6:4.

Ikkinchi yarim finalda xorvatiyalik Donna Vekich rossiyalik Yevgeniya Rodnina bilan bahs olib bordi. Murosasiz kechgan bellashuvda xorvatiyadik 19 yoshli Vekich ikki set natijasiga ko‘ra g‘olib bo‘ldi - 7:5, 6:1.

Shu tariqa, Tashkent Open-2015 turniri finalida Nao Xibino va Donna Vekich asosiy sovrin uchun o‘zaro bahs olib borishadi.

Top