01:32 / 03.10.2015
2448

“Roma” Jyeko, Saloh va Falkeni 43 mln yevroga sotib olganini ma'lum qildi

“Roma” 30 iyunda yakunlangan 2014/2015 yil uchun moliyaviy hisobotni chop etdi.

Klub o‘z tarkibida o‘ynagan uch nafar ijaradagi futbolchi: yarimhimoyachilar Muhammad Saloh (“Chelsi”), Yago Falke (“Jyenoa”) va hujumchi Edin Jyekoni (“Manchester Siti”) sotib olganini ma'lum qildi. Transferlar o‘yinchilar ijara kelishuvlarida yozilgan shartlarni 2 oy ichida bajarganlaridan keyin amalga oshirildi.

La Gazzetta dello Sport nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, rimliklar bu futbolchilarni 43 mln yevroga sotib olganlar: Saloh uchun 20 mln (5 mln ijara + 15 mln sotib olish), Jyeko uchun 15 mln (4+11 mln) va Falke uchun 8 mln yevro (1+7 mln) berilgan.

Top