23:56 / 03.10.2015
3901

APLning 8-turida “Chelsi” o‘z maydonida “Sautgempton”ga yutqazdi

3 oktabrda Angliya Preyer-ligasining 8-turidan o‘rin olgan “Chelsi”-“ Sautgempton” uchrashuvi londonliklarning navbatdagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Uchrashuv 1:3 hisobida “avliyolar” foydasiga hal bo‘ldi.

“Aristokratlar” uchrashuvning 10-daqiqasidayoq yarimhimoyachi Villianning goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldilar. 44-daqiqada mehmonlar Stiven Devisning goli evaziga hisobni tenglashtirdilar.

2-bo‘limda “avliyolar” yana ikki marta mezbon jamoa darvozasini ishg‘ol qila oldilar: 60-daqiqada Sadio Mane va 72-daqiqada Grasiano Pelle o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi.

“Chelsi” avvalgidek musobaqa jadvalining 16-o‘rinida qolib, ayni paytda yetakchilik qilayotgan “Manchester Siti”dan 10 ochko ortda qolmoqda.

Angliya Premer-ligasi. 8-tur
Chelsi – Sautgempton – 1:3
Gollar: Villian, 10 (1:0); Devis, 43 (1:1); Mane, 60 (1:2); Pelle, 72 (1:3).

Top