22:44 / 03.10.2015
4113

Emiri o‘z jamoasi “Sevilya” bilan ilk bor “Barselona”ni mag‘lub etdi

Ispaniya Primerasining 7-turida “Sevilya” o‘z maydonida “Barselona”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Maydon egalari Mikael Kron-Delining 52-daqiqadagi goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldilar. 58-daqiqada sevilyaliklarning yana bir futbolchisi Visente Iborra hisobni 2 gol farqiga yetkazib qo‘ydi. Mehmonlar bitta javob to‘pini qiritishga muvaffaq bo‘ldilar: 77-daqiqada Neymar penaltini aniq amalga oshirdi.

Bu g‘alaba “Sevilya” bosh murabbiyi Unai Emerining ““Barselona” ustidan ilk g‘alabasi bo‘ldi. Ayni kungacha Emeri jamoasi “Barsa”ga 14 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lib, 6 tasida durang o‘ynagan. “Sevilya” chempionatda ketma-ket ikkinchi g‘alabasiga erishib, 8 ochko bilan musobaqa jadvalining 10-o‘riniga ko‘tarilib oldi, “Barsa” esa 15 ochko bilan 3-o‘rinni egallamoqda.

Ispaniya Primerasi. 7- tur
Sevilya – Barselona – 2:1
Gollar: Kron-Deli, 52 (1:0); Iborra, 58 (2:0); Neymar, 74 (2:1, pen).

Top