15:28 / 03.10.2015
8041

Filipp Kirkorov birinchi marta bolalari bilan jamoatchilik oldiga chiqdi

Rossiya pop-sahnasi qiroli Filipp Kirkorov Sochida o‘tayotgan “Novaya volna” (Yangi to‘lqin) festivaliga bolalari – qizi Alla-Viktoriya va o‘g‘li Martin bilan uchib keldi.
Super nashrining xabar berishicha, 48 yoshli artist bolalari bilan birinchi marta jamoatchilik oldida paydo bo‘lishi. Odatda u tadbirlarda yolg‘iz yuradi.
Musiqa konkursi ochilishidan bir kun oldin Kirkirovning yakkaxon konsert dasturi taqdim etildi. Aytilishicha, taniqli san'atkorning farzandlari uni qo‘llab-quvvatlab turish uchun Sochiga tashrif buyurgan. Bolalar Kirkorovning ammasi Mari nazorati ostida yurgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Alla-Viktoriya 2011 yilda, Martin esa 2012 yilda dunyoga kelgan. Kirkorov uzoq muddat bolalarini jamoatchilik oldiga olib chiqishdan, shuningdek, ularning onalari ismini oshkor qilishdan bosh tortib keldi.

Top