11:29 / 03.10.2015
4175

Gvatemala poytaxtida yer ko‘chishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 26 nafarga yetdi

Gvatemala poytaxtining janubi-sharqiy qismida kuchli yog‘ingarchilikdan keyin yuz bergan jiddiy yer ko‘chishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 26 kishiga yetdi.

Bedarak yo‘qolganlar 600 ga yaqinni tashkil qilmoqda. Bu haqda mahalliy shoshilinch xizmatlar ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

120 dan ko‘proq uy tuproq, loy va toshlar ostida qolib ketgan, voqea joyidagi qutqaruv ishlarida 600 ga yaqin mutaxassislar va og‘ir texnika ish olib bormoqda.
Boshpanasini yo‘qotganlar uchun vaqtinchalik turar-joy punkti tashkil etilgan.

Top