07:34 / 03.10.2015
2483

Krishtianu Ronaldu “Real” safida klubning 40 foiz gollarini urgan

Portugaliya terma jamoasi va “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 208 ta uchrashuvda 324 ta to‘p urib, bu borada madridliklarning sobiq hujumchisi Rauldan o‘zib ketib, klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Ronaldu “Real”ga 2009 yilning yozida “Manchester Yunayted”dan o‘tgan. Shu vaqtdan boshlab, u “qaymoq ranglilar” urgan jami gollarning 40 foizini o‘zi amalga oshirgan.

Qayd etish joizki, Ronaldu “Real” tarkibida urgan gollaridan 220 tasini o‘ng oyoqda, 55 tasini chap oyoqda va 47 tasini bosh bilan urgan. Penaltidan 60 ta gol urgan. Yana 25 ta golini jarimadan kiritgan. Bundan tashqari, KriRo “Atletik” darvozasiga bir marta qo‘li bilan to‘p urishga ham muvaffaq bo‘lgan.

Top