14:30 / 03.10.2015
15434

Nabiramga yordam bering!

Hayotda yaxshi odamlar bilan birga hayvondan ham hayvonroq, vaxshiy odamlar bor ekan. Bunga o‘zim guvoh bo‘ldim. 2009 yil 12 iyun kuni qizim Dildora boshiga og‘ir kulfat tushdi. Aniqrog‘i, qizim va nevaramdan ayrildim. Kuyovim Doniyor ukasi Bahodir bilan uy-joy talashib, janjalashib qolishadi. Orada katta to‘polon bo‘ladi. Bir muddat o‘tib, kuyovim yo‘qligida ukasi Bahodir jaxl ustida qizim va nabiramni miltiqdan otib tashladi. Bechora qizim va hali hayotning nimalini ham anglab ulgurmagan nabiram xazon bo‘ldi. Vaxshiy qotil 1 yoshli jiyanini ham ayab o‘tirmadi, vaxshiylarcha tovuqxonaga tashlab ketadi. Bechora nabiramni bir necha marotaba o‘tkazilgan operatsiyadan so‘ng arang asrab qoldik, ammo u birinchi guruh nogironi. Na yuradi, na gapiradi, bir joyda yotadi. Onasi o‘ldi, otasi undan voz kechdi va men uni qaramog‘imga oldim.
Olti yildan beri uni davolashga harakat qilaman. Chunki meni undan boshqa yaqinim yo‘q. Shifo istab, Rossiyadagi Polenova nomidagi bolalar neyroxirurgiya institutiga olib bordim. Uni tekshirib ko‘rishdi va yoqqa turg‘izish imkoni borligini aytishdi. Tuzalishi uchun 20 ming AQSh dollari ketar ekan. Ammo menda buncha pul yo‘q va topa olmayman ham. Yoshim 61 da, pensionerman. Nabiramni davolamasam, mendan keyin qanday yashaydi, shundan xavotirdaman. Ko‘zim tirikligida, tuzalish imkoni bor ekan, uni oyoqqa turgizish mening eng katta maqsadim. Agar imkoningiz bo‘lsa, yordamingizga muxtoj nabiramizning davolanishiga ko‘maklashning. Alloh topganlaringizga baraka bersin!
Ko‘magingizdan umidvor Piyazova Xusnidaxon opa.

Manzil: Toshkent shahri, Sergeli tumani, “Do‘stlik-2”-31-28
Telefon: (+998 90) 962-84-30

Top