07:01 / 03.10.2015
3653

Pol Skoulz: «APL dan faqatgina Aguero «Real», «Barselona» yoki «Bavariya» tarkibidan joy olishi mumkin bo‘lardi”

«Manchester Yunayted»ning sobiq yarimhimoyachisi Pol Skoulz Angliya Premer-Ligasi klublarida to‘p suruvchi  futbolchilarning saviyasiga baho berdi. 

«Agar Angliyaga keladigan o‘yinchilarning saviyasiga qaraydigan bo‘lsak, bizda Yevropa yoki dunyoning eng zo‘r futbolchilari bor, deb ayta olmayman. Eng zo‘rlari “Real” va “Bavariya”da. Saviyasi bir pog‘ona pastroq futbolchilar “PSJ” va “Yuventus”da bordir. Ana undan keyin ingliz klublari futbolchilari keladi. 

Buni kutilmagan narsa deb ayta olmayman. O‘yinchilarning saviyasi haqida gapiradigan bo‘lsak, siz bizning eng yaxshi klublardagi futbolchilar “Barselona” tarkibiga kiritilgan bo‘lardi, deb o‘ylaysizmi? Men bunga qattiq shubhalanaman. Ular “Real” yoki “Bavariya” safidan o‘rin olisha olmasdi. Ehtimol, faqatgina Aguero bunga loyiqdir”, deb aytdi Skoulz BT Sport ko‘rsatuvi efirida.

Top