11:26 / 03.10.2015
9511

Qoraqalpog‘istonda quturgan itlardan 3.2 ming kishi jabr ko‘rdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida quturgan itlardan 3.2 ming kishi jabr ko‘rdi. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hisobotda aytilishicha, Qoraqalpog‘istonning ko‘pgina mahalla va aholijoylarida o‘tkazilgan reydalrda 60 732 daydi it va 26 956 daydi mushuk aniqlangan. Shuningdek, 1 142 joyda tushuntirish ishlari o‘tkazilgan.
Veterinariya xizmati tomonidan 13 159 it quturishga qarshi emlangan. Yil boshidan buyon 3 768 it, 252 mushuk va 48 boshqa turdagi daydi jonivorlar tutilgan. Qoraqalpog‘iston tibbiyot uyushmasi quturgan itlar tomonidan tishlangan 3 246 kishini emlagan.
O‘tgan 8 oy mobaynida jonivorlarga qarash qoidalari buzilishi holatlari 459 marta qayd qilingan, 189 holatda javobgarlar jarimaga tortilgan. Jarimalarning umumiy miqdori 6 018 423 so‘mni tashkil qilgan.

Top