14:11 / 03.10.2015
9957

Qozog‘istonlik hojilar Saudiya Arabistoni aeroportida ushlanib qolishdi

Yuzlab qozog‘istonlik hojilar uchun haj ziyorati katta mash-masha bilan yakunlandi. Ularning bari Jidda aeroportida ushlab qolindi. Ular bundan uch-to‘rt kun muqaddam uylariga qaytishlari kerak edi, ammo nima uchundir reyslar ko‘chirilgan.

Natijada qozog‘istonlik hojilar o‘z samolyotlarini aeroport hovlisida kutishga majbur bo‘lishgan. “KTK”ning xabar berishicha, shu vaqt mobaynida ularni bir marta bo‘lsa ham taomlantirishmagan.
Almas Askarov:

— Shu paytgacha bizga hech kim taom bermadi. Nonushta ham, tushlik ham yo‘q. Kun davomida hech narsa yemadik. Oramizda 75 yoshlar atrofidagi keksa kishilar ham bor. Keksalar orasida qon bosimi va yurak xastaligi bilan bezovtalanayotganlar ham topilyapti.
Bu ishlarni bizning mamlakat qanday qarshi olar ekan. Haj ziyoratiga borib kelishni tashkillashtirishga hissasini qo‘shgan turagentlarni bu ishlarda mutlaqo aloqasi yo‘q.

Ular hojilar oldidagi o‘z vazifalarni sidqidildan ado etishdi. Barchasiga Saudiyaning aviakompaniyalari sababchi.
Asel Nurkebayeva, Qozog‘iston turagentliklari assotsiatsiyasi prezidenti
— Aviakompaniya FlyNas chapter reyslarini ortiqcha joylarsiz tashkil etgan. Uning ikkinchi borti yo‘q va u bitta samolyotga biriktirilgan. Bu qonunga mutlaqo zid. Chunki qonunda qo‘shimcha bort bo‘lishi aniq etib yozib qo‘yilgan.

Altinbek Utisxanuli, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi DUMKning umumiy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshqaruvchisi:
— Ular yangi oy chiqishiga qarab kunni belgilashadi. Yangi oyning chiqmagani sabab ular parvozni kechiktirishyapti. Ayni damla parvoz ushlanish vaqti 18 soatga yaqin, alohida yo‘nalishlar uchun esa 24 soatni tashkil etmoqda.

Top