13:36 / 03.10.2015
5391

Rossiya mudofaa vazirligi O‘zbekiston delegatsiyasini Innovatsiyalar kuniga taklif qildi

Rossiya mudofaa vazirligi O‘zbekiston delegatsiyasini Innovatsiyalar kunida o‘tkaziladigan ko‘rgazmaga taklif qildi. Bu haqda Sputnik agentligi yozmoqda.
Ko‘rgazmada robotexnika, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar, kompleks xavfsizlik, energetika, kiberxavfsizlik, earokosmik texnologiyalar singari yo‘nalishlardagi oxirgi innovatsiyalar namoyish qilinadi.
Ko‘rgazma 5-6 oktabr kunlari Moskva shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ilk bor bunday tadbir 2013 yilda tashkil etilgan edi.

Top