21:17 / 03.10.2015
4857

Rossiya va sobiq ittifoq xalq artisti Armen Jigarxanyan 80 yoshini nishonlamoqda

3 oktabrda Rossiya va sobiq ittifoq xalq artisti Armen Borisovich Jigarxanyan 80 yoshini nishonlamoqda. 

Mashhur teatr va kino aktyori, teatr rejissyori Armen Jigarxanyan 1935 yil 3 oktabrda Yerevanda tavallud topgan.

Aktyor maktabda o‘qib yurgan kezlarida teatr va kino san'atiga qiziqib qolgan va maktabni tugatgach (1952 yil), Moskvaga GITISga o‘qishga kirgani borgan, biroq omadi kulib boqmagan. Shundan keyin u Yerevanga qaytib kelib, “Armenfilm”ga operator yordamichisi bo‘lib ishga kirgan.

Aktyor 1954 yil Yerevan badiiy-teatr institutiga o‘qishga kirgan.
Aktyor Yerevandagi K.Stanislavskiy nomidagi rus dramatik teatrida “Ivan Ribakov” spektaklida ilk bor teatr sahnasiga chiqqan.

Aktyorning “Qo‘lga tushmas qasoskorlarning yangi sarguzashtlari” (“Novyye priklyucheniya neulovimyx”), “Salom men sizning xolangizman!” (“Zdravstvuyte, ya Vasha tyotya!”), “Somon ustidagi it” (“Sobaka na sene”), “Shoxlar va karam” (“Koroli i kapusta”), “Uchrashuv joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi” (“Mesto vstrechi izmenit nelzya”,) “Tehron-43” (“Tegeran-43”) va boshqa mashhur filmlardagi unutilmas rollari uni nafaqat Rossiyaning, balki sobiq ittifoqning eng mashhur va sevimli aktyorlaridan biriga aylantirdi. Jigarxanyan teatr va kinoda 250 ga yaqin rol ijro etgan.

Shu munosabat bilan aktyor o‘z nomiga ko‘plab tabriklar olmoqda.

“Sizni chin ko‘ngildan tabriklayman! Siz xalqimizning suyukli, ardoqli aktyori va davlatimiz faxrisiz. Siz o‘zingizning takrorlanmas aktyorlik qobiliyatingiz va hayotga zavq-shavqingiz bilan haqiqatda aql bovar qilmas mashhurlikka erishdingiz. Sizning hisobingizda teatr va kino sahnasida rekord darajadagi rollar bor, ularning barchasi turlicha, biroq har biri katta voqeadir”, deb tabriklab o‘tdi aktyorni Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy.

Top