00:57 / 03.10.2015
4544

Suriya Tashqi ishlar vazirligi mamlakatdagi terrorchilik tufayli saylovlar o‘tkazib bo‘lmasligini bildirib o‘tdi

Suriya Tashqi ishlar vaziri Valid Muallim BMT Bosh Assambleyasidagi nutqi davomida mamlakatda terrorchilik ustidan g‘alaba qozonilmasa, hech qanday saylovlar va konstitutsion o‘zgarishlarni amalga oshirib bo‘lmasligi haqida aytib o‘tgan. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hukumat hatto uyidan chiqishga qo‘rqib turgan aholidan saylov uchastkalariga borib, ovoz berish jarayonlariga qatnashishni so‘rolmaydi.

Top