17:12 / 03.10.2015
17022

Toshkent smartfon bozorida iPhone 6S sotilmoqda

Butun dunyo bo‘yicha sotuvga chiqarilganiga sal kam bir hafta to‘lgach, O‘zbekistonda ham Apple iPhone 6S smartfonlari sotila boshlandi. Yangi apparat dizayni o‘tgan yilgi iPhone 6dan deyarli farq qilmaydi, faqat rang-tusi biroz farqlanadi (Rose gold rangi yangilik bo‘ldi).

Eslatib o‘tamiz, 6S seriyasida Apple A9 protsessorini qo‘llar edi. Ishlab chiqaruvchining ma'lumotlariga qaraganda, u birinchi iPhone’ning protsessoriga nisbatan 70 foizga samaradorroqdir.
iPhone 6S’ning yana bir o‘ziga xos jihati kamera bo‘ldi; uning yechimi 12 megapikselgacha ko‘tarildi. Kamera 4K yechimidagi videoni suratga olish imkonini beradi. Frontal kamera 5 megapiksel va sensorga ega.

Apple iPhone 6S apparatiga 3D Touch texnologiyasini kiritdi. U bosish kuchini farqlab, shunga yarasha buyruqlarni bajarishga mo‘ljallangan. Yangilik iOS 9 operativ dasturida ishlaydi.
iPhone 6S smartfonining 16 Gb xotirali qora rangli versiyasi Toshkentdagi “Malika” bozorida 4.1-4.2 mln so‘mni tashkil qilmoqda. 64 va 128 Gb xotirali versiyalar hozircha sotuvga chiqarilgani yo‘q. Bundan tashqari, iPhone 6S Plus modeli ham sotuvga chiqarilmadi.

Top