10:23 / 04.10.2015
3287

“Chegara bilmas shifokorlar” shifoxonasiga berilgan aviazarba qurbonlari soni 19 kishiga yetdi

Afg‘onistonning Qunduz shahridagi “Chegara bilmas shifkorlar” xalqaro gumanitar tashkilotning kasalxonasiga aviazarba berilishi natijasida halok bo‘lganlar soni 19 nafarga yetdi. Bu haqda tashkilotda faoliyat olib borgan manba xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, aviazarba natijasida tashkilotning 12 nafar xodimi, 7 nafar patsiyent va 3 nafar bola halok bo‘lgan. 39 nafar kishi, jumladan, tashkilotning 19 xodimi jarohatlangan.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra halok bo‘lganlar soni 16 nafar etib qayd etilgan edi.

Top