11:40 / 04.10.2015
3184

“Muchjige” tayfunining yaqinlashishi munosabati bilan Xitoyda xavfsizlikning eng yuqori darajasi joriy qilindi

“Muchjige” (xitoychasiga “Tsayxun”) tayfunining yaqinlashishi munosabati bilan Xitoyda xavfsizlikning eng yuqori – “qizil” darajasi joriy qilindi. Yaqin soatlar ichida dovul Guandun qirg‘og‘iga yetib kelishi kutilmoqda. U, shuningdek, Xaynan va Guansi-Chjuan muxtor tumanigacha yetib kelishi aytilmoqda.
Tayfun yetib borgan Filippinda jiddiy yo‘qotishlar keltirib chiqardi. Ayni paytda ushbu davlatda 121 nafar baliqchi dom-daraksiz ketgani aytilmoqda.

Top