08:11 / 04.10.2015
4216

AQShda o‘z maktabiga hujum qilmoqchi bo‘lgan 4 nafar o‘smir hibsga olindi

AQSh politsiyachilari AQShning Kaliforniya shtatidagi Tuolomni shahrida 4 nafar o‘smirni o‘zlari o‘qiydigan maktabga hujum qilishga tayyorgarlikda gumon qilib hibsga oldi, deb xabar bermoqda The Orange County Register nashri.

Mahalliy sherif vakillarining ma'lum qilishicha, sentabr oxirida o‘quvchilar o‘z sinfdoshlarining maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilariga hujum qilmoqchi bo‘layotganliklari haqida politsiyaga xabar berganlar. Politsiya shundan keyin o‘smirlarning qurbonlari bo‘lishi kerak bo‘lgan o‘qituvchilar va o‘quvchilar ro‘yxatini qo‘lga kiritgan.

Ayni paytda hibsga olinganlarning shaxslari ma'lum qilinmayapti.

Avvalroq Oregan shtatidagi Umpkva kollejida talabalardan biri o‘zi o‘qiydigan sinfda otishma uyushtirgandi. Oqibatda 9 kishi halok bo‘lgan. Keyinroq 26 yoshli qotilning uyidan 13 ta o‘qotar qurol topilgan, kollejga esa 5 ta to‘pponcha va miltiq bilan kelgani ma'lum bo‘lgan.

Top