22:28 / 04.10.2015
4849

«Arsenal» Londonda «Manchester Yunayted»ni yirik hisobda yengdi va 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Angliya Premer-ligasining 8-turidan o‘rin olgan "Arsenal" hamda "Manchester Yunayted" klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Unda 3:0 hisobi qayd etilib, "to‘pchilar"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Turning markaziy o‘yini deya eetirof etilgan o‘yinda tezkor gollar kiritildi. 6-daqiqadayoq Aleksis Sanches hisobni ochdi. Oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas Mesut O‘zil jarima maydonchasida kelayotgan to‘pni to‘xtatmasdan darvozaga yo‘llab, hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

20-daqiqada yana o‘sha tinib-tinchimas Sanches uzoqdan superzarba yo‘llab De Xeani dog‘da qoldirdi, 3:0. Mana shu gol amalda o‘yin taqdirini hal qildi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Arsen Venger shogirdlari ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olishdi.

Angliya chempionati, 8-tur
Arsenal – Manchester Yunayted 3:0
Gollar: 1:0 – 6 Sanches, 2:0 – 7 O‘zil, 3:0 – 19 Sanches.
Arsenal – Chex, Mertesaker, Monreal, Belerin, Gabriel, O‘zil (Oksleyd-Chemberlen, 75), Remzi, Uolkott (Jiru, 75), Kasorla, Sanches (Gibbs, 81), Koklen.
Manchester Yunayted – De Xea, Blind, Smolling, Darmian (Valensiya, 46), Mata (Uilson, 82), Yang, Kerrik, Shvaynshtayger, Depay (Fellayni, 46), Runi, Marsyal.
Ogohlantirishlar: Yang (22), Darmian (30), Koklen (51), Runi (55).

Top