17:48 / 04.10.2015
4229

OAV: BAAning Yamanda halok bo‘lgan harbiylari soni 54 kishiga yetdi

Yamanda amalga oshirilgan raketa hujumi oqibatida halok bo‘lgan BAA harbiy xizmatchilari soni 54 kishiga yetdi. Bu haqda WAM axborot agentligi xabar berdi.

Mamlakat qurolli kuchlari oliy qo‘mondonligining ma'lum qilishicha, hujum chog‘ida yaralangan 2 nafar harbiy Germaniyadagi shifoxonada olamdan o‘tgan. Qolgan 52 xizmatchi voqea joyida jon bergan bo‘lib, ularning tanalari BAAga qaytarildi.

Raketa hujumi sentabr oyining boshida Mag‘rib viloyatida amalga oshirildi. Isyonchi xusiylar uchirgan “havo-havo” raketasi koalitsiya qarorgohi yaqinida portlab, qurol-aslaha omboridagi portlovchi uskunalar detonatsiyasiga olib keldi.

Qarorgohda bo‘lgan bir qancha Saudiya Arabistoni va Bahrayn harbiylari ham halok bo‘ldi

Top