14:56 / 04.10.2015
3692

OAV: Hameneiy 630 mahbusga amnistitsya e'lon qildi

Eronning diniy rahbari oyatullo Ali Hameneiy 630 nafar mahbusga rahm-shafqat e'lon qildi, yohud ularning qamoq muddatlarini qisqartirdi, deb xabar beradi Press-TV telekanali.
“Eron Oliy sudi raisi oyatullo Sodiq Omuliy Larijoniy taqdimiga ko‘ra Iyd al-Adha bayramining tugashi munosabati bilan Eron yetakchisi 630 nafar mahbusga rahm-shafqat e'lon qildi, yohud ularning qamoq muddatlarini qisqartirdi”, - deyiladi xabarnomada.

Top