17:46 / 04.10.2015
4659

OCh saralashi. O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Shri-Lankani mag‘lub etdi

Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati uchun saralash bahslari davom etmoqda. Jasur Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi saralashdagi ikkinchi uchrashuvda Shri Lankaga qarshi maydonga tushdilar va 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdilar.

E'tiborli tomoni, uchrashuvdagi gollarning barchasi birinchi bo‘limda kiritildi. Ikkinchi bo‘limda o‘zbekistonlik yoshlar gol urishning imkonini topa olmaganlar.

OCh saralashi.
Shri-Lanka U-19 - O‘zbekiston U-19 - 0:3
Gollar: Nurillo To‘xtasinov 7, Doston Ibrohimov 20, Sanjar Qodirqulov 28
Shri-Lanka U-19: Rishod Muhammad, Judi Supan, Tevaraja Klintan, Anjana Vikramasikxe, Perumal Pravin, Danushka Madusanka, Nuresh Sundararaj, Matusan Resix, Muhammad Farud, Muhammad Shahil, Muhammad Afam Akrom
O‘zbekiston U-19: Umidjon Hamroyev, Islomjon Qobilov, Husniddin G‘ofurov, Hushnudbek Avilov, Azizjon G‘aniyev, Nurillo To‘xtasinov, Sharof Muxitdinov, Sanjar Qodirqulov, Doston Ibrohimov, Bobir Abduholiqov, Xojiakbar Alijonov

Manba: www.uff.uz

Top