17:30 / 04.10.2015
8325

Ota o‘g‘lini yomg‘irdan saqlayman deb ochiq havoda “cho‘milib” oldi

Internetga joylashtirilgan mazkur ta'sirli fotosuratda odatda tuyg‘ularini so‘z bilan emas, amaliyot bilan namoyish etishni ma'qul topadigan otalarning mehribonligi juda go‘zal aks etgan.

Kuchli jala savalashiga qaramay, farzandining sog‘lig‘ini o‘ylagan ota yomg‘irpo‘shni uning boshi uzra tutdi va shu tarzda ular uyga yetib olishdi.

Otaning usti-boshi tamoman shalobbo bo‘lganiga qaramay, u baxtli edi. Negaki, farzandini shamollashdan asrab qolish bilan birga, unga muhim hayotiy darsni ham tushuntirib qo‘ydi: yaqinlarga va barcha insonlarga muruvvat ko‘rsatish.

Top