19:03 / 04.10.2015
4718

Qirg‘iziston IIV saylov kompaniyasida 70ta qonunbuzarlik qayd qildi

Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi mamlakat parlamentiga o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik hamda saylovoldi kampaniya davomida partiyalar tomonidan 70 marotaba qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligini aytib o‘tdi. Bu haqda vazir o‘rinbosari Nurboy Qosimboyev bayonot berdi.

“Jami 70ta holat ro‘yxatga olindi. Ulardan 6tasi bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi, tergov olib borilmoqda. Ayrim materiallar Markaziy saylov qo‘mitasiga uzatildi”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.

Parlamentdagi 120 o‘rin uchun 14 partiya bahslashmoqda. Nomzodlarining umumiy miqdori 2.5 ming kishini tashkil qiladi. Qonunchilik organining asosiy tarkibiga kirish uchun partiyalar kamida 7 foiz ovoz to‘plashlari talab qilinadi. Ovoz berish 12 soat davom etadi.

Top