23:17 / 04.10.2015
3692

Qirg‘izistonda parlament saylovlari nihoyasiga yetdi

Qirg‘izistonda parlament saylovlariga ovoz berish yakuniga yetdi. TASSning xabar berishicha, respublika Markaziy saylov va referendumlar komissiyasi saylaovlarda 42 foiz fuqaro qatnashganini ma'lum qilgan.

Qirg‘izistondagi parlament saylovlariga ro‘yxatdan o‘tgan partiyalargina qatnashdi. Parlamentning 130 o‘rinli yangi tarkibida o‘rin olish uchun 14 ta siyosiy partiya ishtirok etdi. Buning uchun ularga fuqarolarning 7 foizli ovozi hamda respublika viloyatlari hamda Bishkek va Osh shaharlaridan 0,7 foiz ovoz to‘plashga to‘g‘ri keldi.

Mamlakatda 2,761 mln saylovchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ovoz berish jarayonlari biometrik ro‘yxatdan o‘tish orqali bo‘lib o‘tdi.

Top