23:44 / 04.10.2015
3384

Qunduz gubernatorining ma'lum qilishicha. “Chegara bilmas shifokorlar” shifoxonasi “Tolibon”lar bazasi bo‘lgan

Qunduz gubernatori Hamdulla Danishining xabar berishicha, aviazarbaga uchragan “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tashkilotining shifoxonasi, “Tolibon” jangarilarining bazasi bo‘lgan, deb xabar bermoqda Washington Post.

“Shifoxonaning kampusi 100 foiz “Tolibon”lar qo‘lida bo‘lgan. Shifoxona hududidabo‘lgan bog‘da”Tolibon”lar joylashib olgan edi. Biz ularning otishmasiga sabr qilib kelayotgandik”, — dedi gubernator.

MSF direktorlar kengashi a'zosi Mayni Nikolai shifoxonada bo‘lib o‘tgan voqea tekshiruvlarida hech qaysi bir jang qilayotgan tomon qatnashmasligi va bu ishni faqat “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti surishtirishi lozim, deb aytib o‘tgan edi.

Top