23:58 / 04.10.2015
4424

Qunduzda aviazarbaga uchragan shifoxona qurbonlari soni 22 nafarga yetdi

Qunduz shahridagi “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tashkiloti shifoxonasiga tushgan bomba tufayli halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi, deb xabar beriladi tashkilot tvitterida.

“So‘ngi yangilanish: 12 nafar xodim halok bo‘ldi (oshmagan) + 10 nafar bemor (7 nafar deb xabar berilgan edi)”, — deyiladi xabarda.

Oldin ma'lum qilinganidek, Qunduz gubernatori Hamdulla Danishi aviazarbaga uchragan “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tashkilotining shifoxonasi “Tolibon” jangarilari tasarrufida bo‘lganligini, aytib o‘tgan edi.

Top