07:57 / 04.10.2015
8018

Rossiya HKK generali: GLONASS tizimi butun yer sharini qoplamoqda

Rossiyaning GLONASS navigatsion tizimi ayni paytda butun yer sharini qoplamoqda va to‘liq tarkibda ishlamoqda, deb ma'lum qildi Rossiya harbiy-koinot kuchlari 15-armiyasi shtabi boshlig‘i, general-mayor Anatoliy Nestechuk. U bu haqda “Russkaya slujba novostey” radiostansiyasi efirida ma'lum qildi.

“Mamlakatning GLONASS tizimi to‘liq hajmda ishlamoqda, ya'ni butur yer sharini qoplab olgan. Biz faollik bilan rivojlanmoqdamiz”, deb aytdi Nestechuk.

Nestechukning ta'kidlashicha, jadvaldan tashqari vaziyatlarda ishlarni bajarishga imkon beruvchi zaxira qurilmalar ham bor. Jadval bo‘yicha 24 ta faol qurilma ishlatilishi ko‘zda tutilgan.

“Bugunda qoplash aniqligi 3-5 metrni tashkil qiladi va bu GPS ko‘rsatkichlari bilan mosdir”, deb ta'kidlab o‘tdi Nestechuk.

Avvalroq Nestechuk Rossiya Qurolli kuchlari AQShning GPS navigatsion tizimining ma'lumotlariga ishonmasliklarini, chunki ularga ataylab noto‘g‘ri ma'lumotlar kiritilishi mumkinligini aytib o‘tgandi.

Top