12:20 / 04.10.2015
4838

Toshkentda dzyudo bo‘yicha Gran-pri yakuniga yetdi

Toshkentda o‘tgan dzyudo bo‘yicha uchinchi Gran-pri yakunlandi. Unda 52 mamlakatdan tashrif buyurgan 355 sportchi ishtirok etdi. 3 kun davom etgan musobaqalarda 2 nafar o‘zbekistonlik sportchi sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
2013 yilgi Toshkent Gran-prisi g‘oliblari Sherali Jo‘rayev (-90 kg) va Soyib Qurbonov (-100 kg) bu safar bronza medallariga sohib bo‘ldilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra birinchilik to‘rtta oliy mukofotni qo‘lga kiritgan Yaponiya terma jamoasiga nasib qildi. Ikkinchi o‘rin esa Janubiy Koreyaga tegishli – 3ta oltin va 1ta kumush.
17-18 oktabr kunlari jahon dzyudosi yulduzlari Parijda yana bir bor uchrashishadi.

Top