09:23 / 05.10.2015
6346

Amerikalik siyosatchi o‘z kitobida Klinton oilasidagi zo‘ravonlik haqida yozdi

Amerikalik siyosiy maslahatchi Rojyer Stounning yangi kitobida yozishicha, AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klinton tez-tez jahl otiga minib, qo‘l ostidagi xodimlarga, maxsus xizmat agentlariga va hatto o‘z eriga azob beradi. Bu haqda The New York Post nashri yozmoqda.

“Hillari Klinton uzoq vaqtlardan buyon Billga zug‘um o‘tkazib keladi. Hillari Billni kaltaklaganda, uni og‘ir buyumlar bilan urgan, timdalab, badanini mo‘mataloq qilgan”, - deb yozadi Rojyer Stoun o‘z kitobida.

Nashr Stounning yaqinda Donald Trampning saylovoldi shtabidan ketganligini eslatib o‘tadi.
Klintonlar oilasidagi muammolar haqida ilgari ham xabar qilingan edi. Ammo Stoun, nashrning yozishicha, eng ishonarsiz mishmishlarni o‘z kitobida to‘plagan.

Top