20:38 / 05.10.2015
4574

AQSh Qunduzdagi aviazarbani afg‘on kuchlari bergan nishonga asoslanib amalga oshirganini ma'lum qildi

AQShning bosh qo‘mondonligi Qunduz shahridagi “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tashkiloti shifoxonasiga berilgan aviazarba afg‘on kuchlari taqdim etgan nishon bo‘yicha amalga oshirilganligini ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press ma'lum qiladi.

Afg‘onistondagi AQSh qurolli kuchlari qo‘mondoni general Jon Kempbell Petagonda qilgan chiqishida u qurolli kuchlarga faqatgin o‘t ostida qolgan AQShlik harbiylarga yordam ko‘rsatishni buyurganini ma'lum qildi.

Kempbellning ta'kidiga ko‘ra, afg‘on kuchlari ulardan havodan turib yordam so‘ragan va ular bu yordamni amalga oshirgan. Shuningdek, general tinch aholi vakillarining halokatini tasodif deb baholagan.

Top