12:03 / 05.10.2015
4999

AQShda qunduzga o‘xshash dinozavr qoldiqlari topildi

AQSh paleontologlari bundan 65 mln yil muqaddam yashagan hayvon qoldiqlarini topishga muvaffaq bo‘ldi. Olimlarning fikriga ko‘ra, bu o‘sha davrda yashagan sut emizuvchilar oilasiga mansub bo‘lgan dinozavrning umurtqa pog‘onasi suyaklari bo‘lishi mumkin.

AQShning Nyu-Meksiko shtati hududida topilgan mazkur suyak qoldiqlariga shartli ravishda Kimbetopsalis simmonsae nomi berildi.

Olimlarning ta'kidlashicha, mazkur hayvon turi tanasi jun bilan qoplangan bo‘lib yer yuzidan dinozavrlar yo‘qolib ketishidan 100 mln. yilcha ilgari yashagan.

Top