10:50 / 05.10.2015
4523

Asahi Shimbun: AQSh va Janubiy Koreya KXDRda yashirin amaliyotlar o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

AQSh va Janubiy Koreya hukumati KXDRda bir qator qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deya yozmoqda Asahi Shunbun nashri.

Nashr axborot manbasining so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat hukumati Shimoliy Koreyani ichkaridan beqarorlashtirishga mo‘ljallangan harakatlarga tayyorgarlik ko‘rishga ko‘proq e'tibor qaratishni boshlagan.

Janubiy Koreyada maxsus qism tashkil etishga kirishilgan bo‘lib, ular keng miqyosli bosqinchilik uyushtirmasdan, Shimoliy Koreyadagi muhim strategik obektlarga hujum uyushtirish bilan shug‘ullanadi.

Qayd etilishicha, AQSh ham yadroviy materiallar chegaradan tashqariga chiqqan taqdirda, BMT Xavfsizlik kengashidan sanksiyalar talab qilmaslik uchun KXDRga shiddatkor zarbalarni beradigan “5029” tezkor amaliyoti rejasini ishlab chiqishga kirishgan.

Top